Kasallik tarixi
Komiljonov Ozodbek
Assalomu alaykum!
Men — Allamova Kurgangul, Qoraqalpogʻiston Respublikasi, Beruniy tumanidanman. Bu xatni ko‘z yoshlar bilan yozayapman. Chunki men har kuni 6 yoshli farzandim Ozodbekning azobini ko‘rib, ich-ichimdan yonayapman. U hali o‘yinchoqlar bilan o‘ynash yoshda edi… Lekin taqdir unga juda og‘ir sinovlar tayyorlagan ekan.
Farzandim Komiljanov Ozodbek 2018-yil 18-dekabrda tug‘ilgan. 2022-yilda unga okklyuzion gidrotsefaliya va araknoid kista tashxisi qo‘yilgan. Miyada suyuqlik yig‘ilishi va kista bosimi sababli unga operatsiya qildirdik, ammo operatsiya muvaffaqiyatli o‘tmadi.
Shundan so‘ng, Ozodbekning holati yildan-yilga emas — kundan-kunga yomonlashdi. Bosh og‘riqlari qaytdi, kista yana yig‘ildi. Bola ko‘rishni yo‘qota boshladi. Endi esa erkin yurishga ham qodir emas.
Hozir biz Toshkent shahar bolalar shifoxonasidamiz. Shifokorlar Ozodbekning qoni keskin kamayganini, organizmi deyarli qon ishlab chiqarmayotganini aytishdi. Uning ahvoli juda og‘ir. Zudlik bilan murakkab operatsiya kerak.
Biz bor imkonimizni ishga soldик. Qarzga botдик. Qarindoshlarimiz yordam berdi, lekin bu mablag‘ faqat vaqtinchalik davolanishga yetdi. Endi esa hayot uchun hal qiluvchi kurash boshlandi.
Doktorlar hali ham umid bor deyishyapti. Lekin bu umid — faqat sizning yordamingiz bilangina haqiqatga aylanishi mumkin.
💔 Onalik yuragim bilan iltimos qilaman: Farzandimni saqlab qolishda yordam bering.
Ozodbek hali maktabga ham bormagan, u hali dunyoni to‘liq ko‘rib ulgurmagan. U bolaligini kasalxonada, og‘riq ichida o‘tkazyapti. Bunday qiynoq hech bir bolaga ravo emas...
Agar imkoningiz bo‘lsa, iltimos, yordam qo‘lini uzating.
Bir so‘mingiz ham, bir ulashgan postingiz ham — Ozodbek uchun hayot degani.
